Sport musobaqalari o‘tkazildi

Date:

Harbiylar deymizmi, ichki ishlar xodimlarimi, ular faoliyatlari davomida doimiy harakatda bo‘ladilar, sport mashg‘ulotlari bilan chiniqqani sababli ham epchil, jismoniy tayyorgarligi yuqori. Ob-havoning injiqliklariga qaramay Sherobod tumanidagi sport maktabida “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tuman IIB boshlig‘i kubogi uchun ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Unda xodim-ishtirokchilar maydonga tushib kurashdilar. Kuchlilar raqibining kuragini yerga tekkazib, halol yenggan bo‘lsa, tennisda epchilligini sinaganlar imkoniyati ham sinashta bo‘ldi.

Voleybol sport turida esa jamolar o‘zaro g‘oliblik uchun musobaqalashishdi. Har bir musobaqa qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Yakunda esa natijalar sarhisob qilindi va g‘olib hamda sovrindorlar taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun