Kafillikni bekor qilish mumkinmi?

Date:

Ba’zan tanishingiz yoki hamkasbingiz kredit olishida kafil bo‘lishingizni so‘rashadi. Yo‘q deya olmay kafil ham bo‘larsiz, ammo kafilligingiz ostidagi kredit vaqtida to‘lanyaptimi, bunisidan xabaringiz bo‘lmaydi. Shu o‘rinda o‘zingizning ba’zi rejalaringiz uchun kredit olishingizga to‘g‘ri kelib qolsa, boshqa bir kreditga kafil bo‘lganingiz sabab banklar so‘rovingizga rad javobini berishadi. Xo‘sh, bunday holatda qanday yo‘l tutmoq kerak? Kafillikni bekor qilish mumkinmi? Albatta, mumkin. Kredit shartnomasiga muvofiq, kreditning asosiy summasi, hisoblangan foizlar va boshqa to‘lovlar to‘liq qaytarilgandan so‘nggina kafillik bekor qilinadi.
Qarzdor kreditni to‘lay olmagan holatda esa bu majburiyat kafil zimmasiga o‘tadi. Agar kafil kredit shartnomasi bo‘yicha qarzdorning majburiyatlarini bajarsa, kreditorning huquqlari kafilga o‘tadi. Natijada, kreditor qarzdorga bo‘lgan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni kafilga topshirishi shart.
Kafilning roziligisiz kredit boshqa shaxsga o‘tkazilsa, kafillik bekor qilinadi. Majburiyatni bajarish muddati kelganda qarzdor yoki kafil tomonidan taklif qilingan tegishli ijroni qabul qilishdan kreditor bosh tortsa ham kafillik bekor qilinadi.
Kafillik shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng bekor qilinadi. Agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, bank majburiyatni bajarish muddati tugagan kundan boshlab bir yil ichida kafilga nisbatan daʼvo qo‘zg‘atmasa, kafillik bekor qilinadi.
Shunday ekan, kafil ham kredit olgan shaxs bilan birdek mas’ul va javobgar ekanini unutmaslik lozim.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun