“Aqlli bekat”lar yo‘lovchilar uchun xizmat qiladi… mi?

Date:

Har qadamda “Aqlli bekat”. O‘ziga xos xizmat ko‘rsatishni boshlagan bekatlarning, avtobus-u marshrut kutadigan xonasi ham ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan band etilgan. Mo‘jazgina kafe yoki tamaddixona ko‘rinishini olgan bekatlarga esa yo‘lovchi kirishga haymiqadi. Natijada qishda sovuqda, yozda issiqda avtobus kutishga mahkum.

“Aqlli bekat”lardagi bunday holatga ko‘z yumib, avtobusga chiqsangiz, 5-10 daqiqalik manzilingizga 40 daqiqadan kamiga yeta olmaysiz. Sababi bekat nimaligini bilmaydigan yo‘lovchi-yu haydovchilar istagan joyiga to‘xtatishni odat qilishgan. 5 metr masofa yurmay avtobus yo‘lovchining istagiga ko‘ra to‘xtaydi. Vaqt esa kutib turmaydi. Qaniydi bekatlar yo‘lovchilar uchun xizmat qilsa-yu, avtobuslar faqat bekatlarda to‘xtasa, ortiqcha dahmazalarning oldi olinarmidi, deguvchilarning istagi amalga oshadigan bo‘ldi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatda jamoat transportini rivojlantirish, bekatlar faoliyati, yangi avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat Transport boshqarmasining taqdimotlari bilan tanishdi.

Viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar markazlarida tashkil etilgan “Aqlli bekat”lar avvalo yo‘lovchilar uchun xizmat qilishi kerakligini taʼkidlab, masʼullarga bekatlarni yo‘lovchilar uchun doimiy ochiq bo‘lishini taʼminlash topshirig‘ini berdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun