Savdo yarmarkalari davom etmoqda

Date:

Bozor-o‘charimiz barokatli bo‘lsa, rizqimiz butunligidan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tariladi. Bordi-yu mablag‘imiz yetmay, kamimiz qolib ketsa, tashvishimiz ortgandek bo‘ladi. Muzrabot tumani markazidagi “Muzrabot dehqon bozori”da yangi yil arafasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani tuman ahlini shodlantirgan edi. Ana shunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarining hali-hamon qizg‘in davom etayotgani quvonchli hodisa bo‘ldi. Muzrabotliklar yaratib berilgan bunday qulaylikdan mamnun.
Bozor rastalariga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan sabzavot va poliz ekinlari peshma-pesh yetkazib berilmoqda. Muhimi, talabga yarasha taklif borligi, bu esa to‘kinchilikni taʼminlashi, narx-navoning oshib ketishining oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etayotir.
Yarmarkalar faoliyati va bozorlardagi narx-navoning oshib ketmasligi uchun tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar mas’ullari doimiy nazoratni o‘z qo‘llariga olishgan. Ayniqsa, to‘lov terminallarining mavjudligi, bankomat o‘rnatilib, aholiga xizmati ko‘rsatayotgani yanada qulaylik yaratmoqda.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun