Oilada bir nechta talaba bo‘lsa…

Date:

Shukrki, oliy ma’lumotga ega bo‘lish istagi so‘nggi yillarda bir necha barobar oshgan. Bu xalqimizning savodlilik darajasini oshirish bilan birga ishsizlikning, kambag‘allikning, qolaversa, ko‘plab muammolarning oldini oladi. Farzandlarimiz davlat granti asosida o‘qishga kirsa, do‘ppimizni osmonga otishimiz aniq, ammo kontrakt bo‘lsa ham xafa bo‘lmaymiz. Bir amallab to‘rt yilni o‘tkazsak, farzandimiz o‘z sohasida kerakli kadr bo‘lishiga ishonamiz-da. Yana bir tomoni bor, bir yilda bir emas, bir nechta farzandimiz talabalik baxtiga muyassar bo‘lsa bormi, imkoniyatimiz yetmasa-da, bir yilini kuydirishni, keying yil omadin keladimi-yo‘qmi deya, o‘qitishni istaymiz. Ana shunday paytda ta’lim kreditlaridan foydalanish eng to‘g‘ri va eng maqbul yo‘ldir.
Taʼlim kreditlari odatda to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdorda, Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, o‘tgan 2022-yildan boshlab, talabalarga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida taʼlim kreditlari berila boshladi. Hozirda istagan tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi «Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi” hisobidan ajratilgan mablag‘laridan taʼlim kreditlari berilmoqda. Mazkur taʼlim kreditining asosiy afzalligi talaba kreditni o‘qishni tamomlagandan keyin, 7-oydan boshlab 7 yil davomida to‘lab boradi. Opa-singillarimiz uchun bu borada imtiyozlar berilgan. Yaʼni, xotin-qizlar berilgan taʼlim kreditining faqat asosiy qarzini qaytaradi. Kredit foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Bordi-yu, oilada farzandlar orasida ikki yoki uch nafar talaba bo‘lsa, ularga kredit berilishi tartibi qanday? Yaʼni, ikkita talabaga oilada ishlaydigan bitta odam kafil bo‘la oladimi? Bu holatda agar kafil turuvchining oylik ish haqqi taʼlim kredit berish talablariga javob bera olsa, kafil bo‘la oladi yoki sug‘urta polisi taqdim etish mumkin. “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun esa bank tomonidan garov taʼminoti talab etilmaydi. Shuningdek, taʼlim krediti berilish shartlariga ko‘ra taʼminot sifatida garov, uchinchi shaxs kafilligi hamda sug‘urta polisi taqdim etish kifoya.
Taʼlim kreditini olgan shaxsda imkoniyat mavjud bo‘lsa, u kreditni muddatidan avval yopishi mumkin. Masalan, o‘qishni bitirgan talaba birdan daromad manbaiga ega bo‘lsa, 7 oy faqat kredit bo‘yicha foiz to‘lab bormasdan, asosiy qarzni ham so‘ndirib borishi mumkin. Bunda kredit bo‘yicha umumiy to‘lovlar miqdori kamroq bo‘ladi. Har qanday uzoq muddatli kreditni muddatidan oldin so‘ndirish ushbu kredit bo‘yicha umumiy to‘lovlar miqdorining kamayishiga yordam beradi.
Farzandlarimizning kelajakda o‘z o‘rinlarini topishi, malakali kadr sifatida yetishishlari uchun istak bo‘lsa bo‘lgani, yurtimizda yaratilgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar munosib qo‘llov bo‘lib xizmat qiladi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblarin ortda qoldirib…

Ayni kunlarda “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda....

Yangi qo‘mita tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan...

Arab tili bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom...

66-maktabning sport zali xizmatga shay

Denov tumanidagi ushbu maktabning sport zali yangidan qurilib, foydalanishga...
KunTun
KunTun