Qalbi quvonchga to‘ldi

Date:

Ba’zan shunday vaqt bo‘ladiki, insonga birgina shirin so‘zning o‘zi eng qimmatli malhamdek. Qozoni qaynamayotgan yo‘qsilning holidan xabar olib, noz-ne’mat ulashsangiz, unga dunyolarni bergandek, bir, balki bir necha kunlik ro‘zg‘or o‘ylovidan qutqargandek bo‘lasiz. Muhimi, o‘z vaqtida cho‘zilgan qo‘llar ana shunday katta qiymat kasb etadi. Qilingan yaxshilik savobi esa boshqa bir mavzu…

Kunlarning sovigandan-sovigani issiq kiyimlarimizni izlashga tushamiz. Issiq kiyimi borlarning-ku, kiyimlari joniga ora kirsa, yo‘qlar, olishga imkoni yo‘qlar nima qilsin. Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A.Ismoilov ana shunday sharoitda ko‘ngliga ezgu niyatni tugib, yaxshi bir ishga bosh qo‘shdi. Angor tumanining “Sharq guli” mahallasi hududida joylashgan alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatiga ham tashrif buyurdi.

Maktab-internatida olib borilayotgan ishlar, shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan qurilgan samimiy suhbat esa maroqli o‘tdi. Mehmon qutlug‘ dargohga quruq qo‘l bilan kelmagan edi. Dildan yaqin bo‘lib qolgan bu samimiy o‘g‘il-qizlarga otalarcha g‘amxo‘rlik qilib, sovg‘a sifatida issiq kiyim-kechaklar olib kelgan edi. Kutilmagan sovg‘adan o‘quvchilarning qalbi quvonchga to‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun