Joningga tutashib ketadi VATAN

Date:

Davlatlar tashkil topgandan buyon insonlar tinimsiz o‘z hayotini yaxshilash uchun harakat qiladi. Shu yo‘lda turfa xil nizom, odob-axloq, qoidalari va eng asosiysi, bo‘ysunish majburiy bo‘lgan qonunlar tizimini ishlab chiqadi.
Insonning xohish-irodasi, hayotning barcha jabhasini qamrab olish darajasiga ko‘ra, shaffoflik, adolatni ta’minlash shior qilib olingan holda qonunlarga o‘zgartirish yangiliklar kiritib boriladi. Barcha-barcha qonunlar inson manfaatlari, himoyasi obdan o‘ylangan, mukammallik ko‘zlangan holda tatbiq etiladi.

Bu yil asosiy qonunimiz, qomusimiz yaratilganiga 30 yil to‘ldi. Konstitutsiya 30 yoshni qarshiladi. 30 yil bir davlat taraqqiyoti, yangicha hayot tarzi shakllanishi uchun juda qisqa fursat. Shunga qaramay, ushbu vaqt davomida konstitutsiya anchayin takomil topib, jamiyatda adolat mezonlari qaror topishi uchun xizmat qilib kelmoqda.
Sana munosabati bilan Termiz shahrida bayram tadbiri tashkil etildi. Dastlab, viloyat hokimi To‘ra Bobolov barchani bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, mamlakat rivojiga hissa qo‘shib, bu yo‘l orqali yurtimiz ravnaqiga, uning gullab yashnashiga zamin yaratayotgan bir qator soha vakillari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” estalik nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilarining musiqiy chiqishlari, raqs ansamblining jozibador harakatlari barchaning e’tiborini tortib, ko‘ngil tubigacha yetib bordi. “Avval Vatan, keyin jon”… bu so‘zlarni eshitishingiz bilan o‘yga cho‘masiz. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ijrosidagi taronani tinglaganingizda esa beixtiyor tanangiz junjikib ketadi. Vatanga muhabbat hissi jo‘sh uradi Ayniqsa, “Adolat fasli” spektaklidan parcha e’tiborni tortibgina qolmay, Amir Temurning monologi orqali adolat, qonun ustuvorligi har nedan ustun ekanligini yana bir bora eslatib o‘tgandek bo‘ldi.

Konstitutsiya mamlakat mustaqilligining, huquqiy-demokratik davlatning qonuniy asosi, hurlik, o‘zga davlatlarga qaram bo‘lmaslik poydevori. Bu kunning qadri yuksak.
— Asosiy qonunimiz xalqimizning orzu-umidlarini aks ettirgani bilan ham qadrlidir, — deydi viloyat urug‘chilikni rivojlantirish markazi ishlab chiqarish bo‘lim boshlig‘i Zarif Karimov. — Uning qay bir jabhasiga e’tibor qaratmaylik inson manfaatlari asosiy o‘rinda turganligining, har bir moddasida xalqimizning irodasi hisobga olinganining guvohi bo‘lamiz. Bunday ulug‘ kunda taqdirlanish menda sharaf hissini uyg‘otdi. Arzimagan mehnatimiz shunchalik e’tiborga tushib, ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rilgani, eng avvalo, shu millatda tug‘ilib o‘sganimdan shukrona hissini oshirdi.

Mehnati munosib baho topganda, rag‘batlantirib turilganda ishlash uchun ishtiyoq paydo bo‘ladi. Yanada ko‘proq yangilik yaratishga harakat qiladi. Nima uchun, qanday maqsad yo‘lida ter to‘kayotganini anglaydi kishi. Ishda unum bo‘lganda esa o‘z-o‘zidan o‘sish bo‘lishi tayin.
— Qishloq xo‘jaligi sohasida 7 yildan buyon ishlab kelmoqdaman, — deydi Surxondaryo viloyati bog‘dorchilik agentligi yetakchi mutaxassisi Jahongir Sa’dullayev. — Davlatimiz kichik mehnatimizni yuksak baholaganidan, qo‘llab-quvvatlab esdalik nishoniga loyiq ko‘rganidan tanamizda hayajon yugurdi. Tinimsiz mehnat qilib, qishloq xo‘jaligi sohasida yangiliklar yaratishda o‘zimda shijoat, intilish sezdim.

Asosiy Qonunimiz mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi eng oliy hujjatdir. Shunday ekan, konstitutsiyaviy islohotlar ham uni yanada takomillashtirishga, mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan. Zero, konstitutsiyaning mukammalligi huquqiy demokratik jamiyatning asosi hamdir.

D.Otaqulova,
N.Muhibulloyev,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun