Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi

Date:

Har yili 3-dekabr sanasi mamlakatimizda xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Mehr va oqibatli o‘zbe xalqi nafaqat ushbu sanada, balki doimiy ravishda mehr va saxovat ko‘rsatishni, yordam qo‘lini cho‘zib, munosib qo‘llab-quvvatlashni odat qilgan. BMT tashkilotiga a’zo davlat sifatida sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari, kechalar, uchrashuvlar tashkil etildi. Nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olinib, xonadonlariga borib yo‘qlandi. Albatta, yo‘qlovdan quvongan qora ko‘zlarning quvonchi, minnatdorligi qalbimizda cheksiz shukronalik hissini uyg‘otadi.

Sana munosabati bilan Surxondaryoda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri imkoniyati cheklangan kishilar eʼtibordan chetda emasliklari, ular uchun barcha qatori imkoniyat yaratilganligining dalili sifatida namoyon bo‘ldi.

Tadbir bahonasida ularga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari, protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq tayoqlar topshirildi.

To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar qalblarga xush kayfiyat ulashdi.

H. Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun