Sarhisob

Date:

Qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikka erishishda, albatta, yerga qadaladigan urug‘ning ekinboplik darajasi, sifat ko‘rsatkichlari muhim sanaladi. Buni aniqlash uchun maxsus laboratoriyalarda mutaxassislarning xizmati katta. Kim ham yaxshi niyat ila yerga urug‘ qadar ekan, hosildorlikka erishishni istamaydi. Sohada amalga oshirilgan ishlar esa maqtanishga arzigulik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi 4241-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida agrar sohada amalga oshirilib kelinayotgan ishlar yuzasidan inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning quyi bo‘g‘inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Inspeksiya faoliyatiga yanada oshkoralikka erishish va tizimda joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tafsilotlari hamda 2022-yil 2-yarim yillik ish-rejasining ijrosini to‘laqonli bajarish maqsadida Agrasanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish DUKning “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash markaziy laboratoriyasidagi ishlar targ‘iboti” yuzasidan Termiz shahridagi matbuot uyida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, bloger hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan matbuot anjumanida sohada amalga oshirilgan ishlar, istiqbolli loyihalar haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar va tushuntirishlar berildi.

Z.Qulliyev,
“Uzagroinspeksiya” bosh inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun