ILM.UZ IT akademiyasining yangi filiali o‘z faoliyatini boshladi…

Date:

Globallashuv zamonida axborot texnologiyalarisiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Axborot texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish borasida yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va islohotlar joylarda o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatayotir.

O‘z navbatida sohaga yoshlarning qiziqishi va ishtiyoqi bo‘lakcha. Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakultetida ILM.UZ IT akademiyasining yangi filiali o‘z faoliyatini boshlagani talabalarning sohadagi salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

IT akademiyasining ochilish marosimi esa katta xursandchilikka sabab bo‘ldi. Bunga universitet rektori Avazjon Maraximov ham sherik bo‘ldi va yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar shuningdek, jadallik bilan rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari sohasi haqida to‘xtaldi.
Shundan keyin ILM.UZ asoschisi Shahzod Magdiyev akademiya haqida, uni tashkil etilishidan asosiy maqsad, undagi imkoniyatlar va akademiyada o‘qishning tartibi haqida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbir davomida akademiyada 6 oy davomida tahsil olgan dastlabki 14 nafar bitiruvchi talaba sertifikat bilan taqdirlandi.

Akademiyada dasturlash, tarmoq va tizim administratorligi hamda yosh avlod uchun yangi metodologiya va dastur asosida o‘tiladigan bolalar uchun dasturlash, komyuter savodxonligi, kompyuter va printerlarni ta’mirlash kurslari malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Kurslar 3-6, 5 oylik bo‘lib, shu muddat ichida har bir qatnashchi kerakli bilim va ko‘nikmani egallashi mumkin. Ha aytgancha, ushbu akademiyada tehsil olgan va maxsus srtifikatga ega bo‘lgan kadrlar, Surxondaryo vohasini IT sohasini rivojlanishda o‘z hissasini qo‘sha oladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun