Harbiy xizmatchilar uchun ekskursiya tashkil etildi

Date:

Askarlik Vatan oldidagi sharafli burchdir. Barcha er yigitlar bu burchni mamnuniyat ila ado etadi. Egniga askarlik libosini kiydimi, yurtimizning turli hududlariga uchirma bo‘ladi. Harbiylik hayoti, musofirlikni boshidan o‘tkazadi. Bularning bari insonni toblaydi. Ertangi kuniga ishonch uyg‘otadi, aniq maqsadlar qo‘yishga yordam beradi. Surxondaryo viloyatida joylashgan chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarda ham ana shunday o‘g‘lonlar o‘zlarining yigitlik burchini sidqidildan ado etishayotir.

Harbiylikning har bir kuni turli sinovlar, mashaqqatli harakatlar, normativlarni bajarish bilan o‘tadi. Erta tongdan uyquga yotgunga qadar zerikishga, bo‘sh qolishga o‘rin qolmaydi. Shuningdek, askarlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, munosib xordiq chiqarishlarining ham choralari ko‘rilgan. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyatida joylashgan chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida xizmat vazifasini olib borayotgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun ekskursiya tashkil etildi.

Shahar ko‘chalari bo’ylab harbiy xizmatchilar saf tortib ketishar ekan, qo‘shiqlar kuyladilar. Qadamlar zarbi va aytilgan xirgoyining guvohi bo‘lganlar havas ila, faxr va iftixor ila qaraganlari rost. Maktabdan qaytayotgan o‘quvchilarga “chest” berishib qo‘yilgan holatlar naqadar ajoyib.

Ana shunday taassurotlar ila harbiy xizmatchilar Termiz shahridagi areologiya muzeyiga yetib keldilar. Muzeydagi boy tarixiy yodgorliklar, uzoq o‘tmishdan so‘zlovchi eksponatlar bilan tanishildi. Muzey mutaxassisi tomonidan har bir eksponat haqidagi qimmatli ma’lumotlar askarlarning tarixga oid bilimlarini boyitgani aniq.
Albatta, surxondaryoliklarni-yu mehmonlarning vohani tanish uchun boradigan manzili ham, ziyorati ham xalq tilida Termiz ota nomi bilan mashhur bo‘lgan Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohidir. Ekskursiya ziyoratga ulandi va turli hududlardan kelib xizmatni o‘tayotgan askarlar buyuk bobomiz qo‘nim topgan maskan bilan tanishdilar. Bobomiz haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘libgina qolmay, qo‘llarini duoga ochib, Qur’on tilovat qildilar.

Mana shunday ekskursiyalarning tashkil etilishi harbiy xizmatchilarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirishga, yanada sadoqat ila xizmat qilishga motivatsiya beradi.

Shamsiddin Sariqulov,
Harbiy xizmatchi, ofitser

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun