“InnoWeek.Uz-2022”: memorandum imzolandi

Date:

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Termiz davlat universiteti tomonidan tuzilgan delegatsiya ham ishtirok etdi. Haftalik doirasida Termiz davlat universiteti bilan Turkiya Respublikasining Istanbul tijorat universiteti o‘zaro do‘stlik, madaniy va maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish hamda ikki muassasa o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Memorandumga ko‘ra taʼlim dasturlari orqali axborot va tajriba almashish imkoniyati tug‘ildi. Har ikki oliygoh professor-o‘qituvchilari, akademik bo‘lmagan xodimlar uchun qisqa va uzoq muddatli almashinuv dasturlari tashkil etiladi. Shuningdek, til o‘qituvchilari almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ayni masalalarda ham istiqbolli hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Hilol

Oldingi sahifaTIL- MILLAT KO‘ZGUSI!
Keyingi sahifaIjodiy uchrashuv

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun