Ijodiy uchrashuv

Date:

Usmon Azim davralarda she’r o‘qiganida tomoshabinlar, yoshlar misralarga jo‘r bo‘lib, qo‘shilib aytadi. Shoirning she’rlari ko‘ngilga yaqin, so‘zlari qadrdon, tuyg‘ulari xuddi o‘zimiznikidek. Qiziq, shoir bizning yuragimizda tug‘yon urayotgn hislarni anglab yozgandek. Bir o‘qigandan yod bo‘ladi va tilimizda kalimadek qaytarilaveradi…

Balki shundan Usmon Azimning she’riyatiga qayta va qayta murojaat qilib, takror va takror o‘qiyverarmiz. Muxlisga aylanarmiz. Termiz davlat universitetida tashkil etilgan O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv ayni shuning uchun ham talaba-yoshlarni befarq qoldirmadi. Shoirning she’riyati, ajib ijod yo‘li, adabiyot haqida inja fikrlari haqida eshitish uchun ham eshitgan borki, uchrashuv manziliga jam bo‘lishdi.

Usmon Azim she’riyati haqida ho‘p va ko‘p gapirish, ajoyib ta’rif-u maqtovlar keltirish mumkin. Sababi surxonning, o‘zbekning zabardast shoiri ana shunday tashbehlarga munosib. Shunchaki, muxlis uchun, adabiyotga, she’riyatga oshno ko‘ngil uchun shoirga quloq tutish, aytganlarni maroq bilan, zavq bilan tinglash kifoya qiladi. Tomoshabinlarning samimiy suhbatdan bahra olayotganini ularning ko‘zlaridan sezish qiyinmas.
Shoir she’rlarini, ayniqsa, muallifning o‘zidan tinglash baxtiga muyassar bo‘lishganidan barcha shod. Yuqorida boshlangan fikrimizning isboti akslangan kechada shoir bilan qo‘shilib aytilgan misralar muallifni ham e’tibor-u mehr-muhabbatdan quvontirdi.

Ha, Usmon Azimning o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni bor. Bu o‘rin, shoir ijodining bugungi davr va kelajak avlod taqdirida, ularni tarbiyalashda ahamiyati katta. So‘zga chiqqanlar shu haqida to‘xtalishar ekan, talaba-yoshlar sevimli shoirining yangi qirralari kashf qilgandek bo‘lishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamshiralarimiz AQShda ham ishlaydi

O'zbеkistonlik hamshiralar AQSh tibbiyot sohasiga jalb qilinishi mumkin. Amеrika standartlari...

Muallifi sun’iy intеllеkt

Italiyaning Il Foglio gazеtasi to'liq sun'iy intеllеkt tomonidan yaratilgan...

Insonparvarlik yordami koʻrsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga muvofiq, xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash...

47 ta obyekt foydalanishga topshirildi

Yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun