Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar Termiz shahridagi 14-, 17-, 18- va 12-sonli umumta’lim maktablarida tashkil etildi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Bobur Bobomurod, Davron Rajab va Malika Salimova o‘quvchilar bilan badiiy ijod, kitobxonlik va mutolaa madaniyati haqida suhbatlashdi. Ijodkorlar she’rlaridan namunalar o‘qib berdi, yoshlarning ijodiy ishlari bilan tanishib, ularga tavsiya va maslahatlar berdi.
Uchrashuvlar o‘quvchilarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitobxonlikka rag‘batlantirish hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

