Termizlik parasuzuvchi Asilbek Baykeldiyev Prezident olimpiadasi doirasidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.
To‘rtta yo‘nalish bo‘yicha kechgan bahslarda o‘z mahorati va irodasini namoyon etgan sportchi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Ushbu natija Asilbek Baykeldiyevning tinimsiz mehnati, murabbiylarining samarali faoliyati hamda sportga bo‘lgan intilishlari samarasidir. Yosh sportchini g‘alaba bilan qutlab, unga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

