TIL- MILLAT KO‘ZGUSI!

Date:

“Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”, deb aytganida Behbudiy haq edi. Ushbu fikrlarga eʼtibor bersak, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi.

Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin.

Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati katta. Bu ahamiyatni oshirishni oiladan, bog‘cha-yu maktabdan boshlash kerak. Ota-ona, tarbiyachi-pedagoglar o‘zbek tilining ahamiyatini tushuntirsa, til masalasi jiddiy masala ekanini anglata olsa, bolada tushuncha shakllanadi. Tilga qadriyat sifatida qaray boshlaydi.

Dunyoga yuz tutar ekanmiz, bizni o‘z ona tilimizda eshitishsin. Sportning biror turida jahon chempioni bo‘lgan yoshlar g‘oliblik pilla-poyasiga ko‘tarilar ekan, davlatimiz madhiyasi yangraydi. Milliy ohang, milliy til… bu har qanday sportchiga, balki ekran qarshisida tomosha qilib o‘tirgan tomoshabinning-da yuragini hapqirtiradi, hayajonga solib, g‘ururlantiradi.

Bugungidek globallashuv jarayonida dunyo tillarini o‘rganyapmiz. O‘sha tillarda so‘zlayapmiz. Ammo, milliy qarashlarimiz, vatanparvarligimiz o‘lmasa, o‘zbek tilida so‘zlayotib, o‘rgangan tilimizni qorishtirmasak, tilimizga, millatimizga qilingan hurmatimiz bo‘lardi. Zamonaviy ekanimizni boshqa yo‘nalishlarda, boshqa jihatlardan ko‘rsatish ham mumkin. Zinhor, tilimizning sofligini buzadigan biz bo‘lmasligimiz kerak. Millat va kelajak avlod bunday xatoni zinhor kechirmaydi.

S. Xolmamatov
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun