Yangi turar joy — yangi imkoniyatlar

Date:

Muzrabot tumanining Yangi hayot mahallasida barpo etilayotgan besh qavatli ko‘p kvartirali uyda asosiy qurilish ishlari yakunlanib, pardozlash jarayonlari olib borilmoqda.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov “SURXON OBOD QURILISH” MCHJ tomonidan qurilayotgan mazkur obyektga tashrif buyurib, binoning sifati, bajarilgan ishlar va foydalanishga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida mas’ullarga qolgan ishlarni qurilish me’yorlari va belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yaqin fursatlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan yangi turar joy binosi mahallada zamonaviy uy-joy sharoitlarini kengaytirish va aholining yashash qulayligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ma’rifat ulashib”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashabbusi bilan yo‘lga...

Adabiyot va ijodkorlar muloqoti talabalarga ilhom bag‘ishladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida an’anaviy “Ma’rifat ulashib”...

Bahslar murosasiz kechdi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida...

Jurnalist faoliyatida etika mezonlari qanday bo‘lishi kerak?

“Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari birlashgan tahririyatida “O‘zbekiston...
KunTun
KunTun