Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida an’anaviy “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uchrashuv tashkil etildi. Unda universitet rektori Rasul To‘rayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Bobur Bobomurod, Davron Rajab va Malika Salimova ishtirok etdi.
Muloqot davomida adabiyotning inson tarbiyasidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyati va yoshlarning ma’naviy kamoloti haqida so‘z yuritildi. Ijodkorlar o‘z she’rlaridan namunalar o‘qib, talabalar bilan ijod jarayoni, so‘z san’ati va adabiyotning hayotdagi ahamiyati xususida fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

