“Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari birlashgan tahririyatida “O‘zbekiston jurnalistlarining kasbiy etikasi kodeksi” loyihasi taqdimoti va jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda taniqli jurnalist va ekspert, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining Mediata’lim loyihalari bo‘limi boshlig‘i Nozima Toshpo‘latova Kodeks loyihasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy tamoyillar hamda hujjatning jurnalistlar kasbiy faoliyatidagi o‘rni haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, loyiha Uyushma huzuridagi Ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgani qayd etildi.
Muhokama davomida surxondaryolik jurnalistlar loyiha yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kasbiy etika me’yorlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarini ilgari surdi.

