Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi Amalbek Rajabov sportdagi mahorati va qat’iyati bilan yuksak natijaga erishdi. U Andijon shahrida o‘tkazilgan kikboksing musobaqasida 58 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alaba yosh sportchining mehnati va mahorati, shuningdek, universitet talabalari orasida sportga bo‘lgan qiziqish va intilishning yorqin namunasidir. Amalbek Rajabovni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

