BILIM, MANTIQ VA ZAKOVAT MAYDONIDA

Date:

Yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mustaqil va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, bilimga chanqoq yoshlarni rag‘batlantirishda intellektual o‘yinlarning o‘rni beqiyos. “Zakovat” ana shu maqsadlarni o‘zida mujassam etgan holda, yoshlarni izlanish, mushohada yuritish va bilimlarini amalda sinashga undamoqda. Termiz shahridagi Yoshlar markazida umumiy o‘rta, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Surxondaryo viloyati ochiq chempionatining 2-soni bo‘lib o‘tdi.

Har oyda bir marotaba tashkil etilayotgan mazkur turnir o‘quvchilarning bilimini sinash, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va intellektual salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Murosasiz bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin — Qumqo‘rg‘on tumani 82-maktab jamoasi;

2-o‘rin — Termiz shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktabi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi jamoalari;

3-o‘rin — Termiz davlat universiteti akademik litseyi jamoasi.

Chempionat yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda bilimdon va zukko avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘lib qolmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun