Universitetga zamonaviy traktor topshirildi

Date:

“InnoWeek.Uz – 2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga zamonaviy TYM rusumli traktor topshirildi. Texnikani universitet rektori Rasul To‘rayev qabul qilib oldi.

Mazkur traktor Koreya Respublikasining ODA dasturi doirasida amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 10 million AQSH dollariga teng loyiha asosida O‘zbekistonga olib kelingan 50 ta texnikadan biridir. Loyiha ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda agrar soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Universitetga topshirilgan traktor talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va agrar tarmoq uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun