Ko‘chatni chorvaga yem qildi

Date:

Yo‘l bo‘yiga ekilgan har bir ko‘chat — obodonlashtirish emas, yashil kelajak uchun yaratilgan imkoniyat. Biroq Angor tumanida bu mehnatga bepisand munosabat holati aniqlandi.

“Talloshqon” MFYda yashovchi fuqaro X.K. M-39 avtomagistrali yoqasida tashkilotlar tomonidan ekilgan ko‘chatlar atrofida chorva mollarini boqib, nihollarning shikastlanishiga sabab bo‘lgan.

Tabiatga va obodonlashtirish ishlariga yetkazilgan zarar javobsiz qolmadi. Fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 25 baravari — 11 million so‘m jarima qo‘llanildi.

Bu holat oddiy jarima emas, yashil hududlarni asrashga befarq bo‘lmaslik kerakligini ko‘rsatuvchi navbatdagi saboqdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...

Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish,...

“Vatanparvar” imkoniyatlari yoshlar nigohida

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot...

“Afg‘on shamoli”: olimlar yechim izlamoqda

Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universitetida Xitoy, O‘zbekiston va...
KunTun
KunTun