Ustozimiz UNESCO minbarida

Date:

Fransiyaning Parij shahrida UNESCOning Raqamli ta’lim haftaligi — 2026 doirasida “Sun’iy intellekt davrida ta’lim: Faktlar, muammolar, yangi ufqlar” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan pedagoglar, ekspertlar va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etib, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni yuzasidan fikr almashdi.

Quvonarlisi, Termiz shahridagi Prezident maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Durdona Boynazarova xalqaro panel sessiyasida jahon ustozlari nomidan so‘zga chiqib, sun’iy intellekt davrida pedagoglarning o‘rni va ta’lim siyosatini shakllantirishdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, Behruz Ruziyev va Sevara Shamsiyeva ham tadbirda o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi. E’tiborlisi, UNESCOning Parijdagi Raqamli ta’lim haftaligi tarixida ilk bor maktab o‘qituvchilari ta’lim vazirlari bilan bir qatorda panel sessiyalarida ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun