Qumqo‘rg‘on tumanining Beshqahramon mahallasida, “Baraka” savdo markazi hududida aholiga arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlarini taklif etuvchi savdo shoxobchasi ish boshladi.
Yangi shoxobchada sifatli go‘sht mahsulotlarini hamyonbop narxlarda xarid qilish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bu kabi amaliy tashabbuslar, ayniqsa, bayram arafasida aholi dasturxonining fayzini oshirish, narxlar barqarorligini ta’minlash va fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.

