“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

Date:

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana bir tuhfa — “Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi.

Sara kitoblar mamlakatning 12 ta hududidagi yangi mahalla kutubxonalariga yetkazib berish uchun yuborildi.

Ushbu ezgu tashabbus O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Kitob karvoni boshqa hududlar qatori Surxondaryo viloyatidagi mahalla kutubxonalari tomon yo‘l oldi.

Mazkur kutubxonalarda kitoblar uchun jami 20 600 nusxalik javon sig‘imi yaratilgan bo‘lib, yangi maskanlar mahalla aholisining kitobxonlik va ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun