Telefon raqami orqali pul yuborish mumkin

Date:

Bugungi kunda bank xizmatlarining soddalashib, kundalik hayotga yanada qulay moslashib borayotgani foydalanuvchilar uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda. Endilikda pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda bank hisobraqami yoki plastik karta rekvizitlarini izlash va kiritishga ehtiyoj qolmaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, mijozning mobil telefon raqami uning bank hisobvarag‘iga bog‘lanadi. Shu orqali boshqa shaxsga pul yuborishda oluvchining karta yoki bank hisobvarag‘i ma’lumotlarini kiritish shart emas — telefon raqamini ko‘rsatishning o‘zi kifoya.

Yana bir muhim jihat — pul o‘tkazmalari 24/7 rejimida, real vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Bu xizmat pul yuborish jarayonini tezlashtirib, bank rekvizitlarini izlash bilan bog‘liq ortiqcha vaqt va noqulayliklarni kamaytiradi.

Telefon raqami orqali pul yuborish imkoniyati — kundalik moliyaviy operatsiyalarni yanada tez, sodda va qulay qilishga qaratilgan muhim yangilikdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun