Sariosiyoda Mustaqillik bayrami tantanalari o‘tkazildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sariosiyo tumanida bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanalarda qo‘shni Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya ham ishtirok etdi.

Tojikiston delegatsiyasi“Sariosiyo” chegara bojxona postida tantanali kutib olindi. Tashrif davomida mehmonlar Sariosiyo aeroporti bilan tanishib, uning faoliyati, mavjud shart-sharoitlar va infratuzilmasi haqida ma’lumot oldi.

Tadbirlar davomida xorijiy mehmonlarga yuksak hurmat va samimiy ehtirom ko‘rsatildi. Uchrashuv O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hamkorlik munosabatlarining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi “Shaxtyor” o‘yingohida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi o‘tkazildi. Bayram tadbirini tuman hokimi Odiljon Yaqubov ochib berib, yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi.

Konsert dasturida san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, turli badiiy chiqishlar va bayramona dasturlar namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun