TerDU va Germaniya: yangi hamkorlik sari

Date:

Termiz davlat universitetida Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda universitetlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro yozgi maktab tashkil etish, nemis tili o‘qituvchilarining Myunster universitetida malaka oshirishi va ilmiy stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ta’lim jarayoniga germaniyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tomonlar Nemis tili markazini tashkil etish, germanistika yo‘nalishida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro onlayn ilmiy jurnal yaratish hamda akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda arxeologiya yo‘nalishidagi hamkorlikka ham alohida e’tibor qaratildi. Germaniya tomoni qo‘shma tadqiqotlar, arxeologik ekspeditsiyalar va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Tashrif yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish va Termiz davlat universitetining xalqaro ilmiy-akademik hamkorliklarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun