Ezgulik va mehr ulashildi

Date:

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryoda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik va mehr-oqibat chellenji davom etmoqda.

Ushbu ezgu tashabbusga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham qo‘shilib, Termiz shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab sumkalari va zarur o‘quv qurollarini topshirdilar.

Yangi o‘quv yili arafasida taqdim etilgan bu sovg‘alar bolajonlarga nafaqat zarur o‘quv anjomlari, balki quvonch, dalda va e’tibor ulashdi. Zero, mehr bilan qilingan kichik bir yaxshilik ham bola qalbida katta umid va ezgu orzularni uyg‘otadi.

Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov boshchiligida amalga oshirilayotgan bunday xayrli tashabbuslar inson qadrini ulug‘lash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ezgulik ulashilgan sari ko‘payadi. Universitet jamoasining bu tashabbusi ham ana shunday ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun