Ixcham to‘y — farovon oila

Date:

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Termiz shahrida mahallalarda aholi farovonligi, obodonlashtirish va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etdi.

Ana shunday tadbirlardan biri A. Avloniy mahallasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, A. Avloniy MFY deputati D. Normurodova hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Tadbir “Ixcham to‘y — farovon oila” g‘oyasi, shuningdek, mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda oilalar farovonligini mustahkamlash, mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish borasidagi vazifalar haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida mahalla hayotida faol ishtirok etib, uning obodligi va farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol nuroniylar hamda fuqarolarga tashakkurnomalar topshirildi.

Yakunda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar mahalla va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolar faolligini oshirish hamda obod va farovon mahalla muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Matluba Choriyeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun