Yaxshilik ulashib…

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Termiz shahrida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Saxovatpesha insonlar va beg‘araz homiylar ko‘magida 210 ta ehtiyojmand oilaga 15 turdagi kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari mahsulotlarni oilalar xonadoniga borib topshirdi. Yordam 5 ta ijtimoiy yotoqxonada yashovchi fuqarolar hamda mahallalardagi ko‘makka muhtoj oilalarni qamrab oldi.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar tinchlik va farovonlik, ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish, mehr va saxovat ulashish — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun