Chegara hududida logistika markazi

Date:

O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish – ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yuk tashish jarayonlarini optimallashtirish va mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B. Oltibayev va tegishli mas’ullar “Tech Reserved” MChJ tomonidan 6 gektar maydonda barpo etilayotgan logistika markazi qurilishi ishlarini joyida o‘rgandilar.

O‘rganish davomida loyiha ijrosini jadallashtirish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda amalga oshirish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ushbu markazning ishga tushishi hudud iqtisodiyotiga yangi imkoniyatlar ochadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun