Sherobod anori – Surxondaryo faxri

Date:

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, eksport hajmini oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish – mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu ma’noda Sherobod tumani bugungi kunda nafaqat Surxondaryo viloyati, balki butun respublikada anorchilik bo‘yicha yetakchi hududlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Viloyatdagi 11 ming gektarga yaqin anor bog‘larining qariyb yarmi – 5 760 gektari aynan Sherobod hissasiga to‘g‘ri keladi. Yetishtirilgan hosilning 50 foizga yaqini xorijiy davlatlarga eksport qilinib, “Tuya tish” va “Qozoqi” navlari o‘zining shiradorligi, yirikligi va uzoq muddat saqlanish xususiyati bilan xalqaro bozorlarda yuqori baholanmoqda.

Anorchilik tarmog‘i orqali 30 mingdan ortiq aholi doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Ayniqsa, Xo‘jaqiya-1 va Xo‘jaqiya-2 mahallalari zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosildorlikka erishib, sohaning yetakchi markazlariga aylangan.

Sherobod anori – bu mehnatsevar dehqonlarning zahmati, hudud iqtisodiyotining mustahkam tayanchi va O‘zbekiston nomini dunyo bozorlarida munosib namoyon etayotgan eksportbop mahsulotdir. Anorchilikni rivojlantirish borasidagi ishlar esa Sherobodning ushbu yo‘nalishdagi salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun