Oltinsoy tumanining “Xayrondara” mahallasida banan yetishtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. Zamonaviy issiqxonalarda banan ko‘chatlarini parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish va hosildorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Moʻl hosil bergan Kavendish-35 deb nomlanuvchi ushbu banan turi bir mavsumda o‘rtacha 35 kilogramgacha hosil beradi. O‘zbekistonning iqlim sharoitida esa ushbu banan navidan yiliga ikki marta hosil olish imkoniyati mavjud.
Mazkur loyiha hududda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholini sifatli va mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bananchilikni rivojlantirish borasidagi ishlar bosqichma-bosqich kengaytirilib, istiqbolda hosil hajmini yanada oshirish rejalashtirilgan.

