Eng kuchli jamoalar saralandi

Date:

Termiz shahridagi “Surxon Arena” majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol bo‘yicha Surxondaryo viloyat bosqichi yakunlandi. Musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida saralangan 300 nafar yosh ishtirok etdi.

Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, qizlar o‘rtasida har ikki yosh toifasida Denov tumanining “Yangi Hazarbog‘” va “Qovunlisoy” mahallalari vakillari g‘olib bo‘ldi. O‘g‘il bolalar bahslarida esa 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida Qiziriq tumanining “Yakkaterak” mahallasi jamoalari chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va iqtidorli sportchilarni aniqlashda muhim bosqich bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun