Muammolarga yechim izlandi

Date:

Termiz shahrida Termiz harbiy prokurori Sh.X. Mirzayev tashabbusi bilan kuch tuzilmalari hamkorligida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar, ishchi-xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, murojaatlariga tezkor yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.

Qabul davomida kelib tushgan 12 ta murojaatning 4 tasi shu joyning o‘zida hal etildi, 6 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 2 ta murojaat ijobiy hal etish maqsadida nazoratga olindi.

Bunday sayyor qabullar aholi, ayniqsa harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni ortiqcha vaqt sarflamasdan hal etish hamda davlat idoralariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun