Suv qaytdi — qulaylik qaytdi

Date:

Qulay yashash muhiti, avvalo, ishonchli infratuzilmadan boshlanadi. Qumqo‘rg‘on tumanining “Neftchilar” mahallasida aynan shu yo‘nalishda muhim amaliy ish yakunlandi.

Sherobod kanalidan tomorqa maydonlari hamda aholi xonadonlarini suv bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi nosoz oqova suv tarmog‘i va nasos ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi. Natijada 10 ta ko‘p qavatli uy va 100 ga yaqin xonadon barqaror suv ta’minotiga ega bo‘ldi.

Amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman hokimi Farrux Xoliqov mahallaga tashrif buyurib, aholi bilan muloqot qildi. U tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, suvni tejash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ushbu loyiha nafaqat suv ta’minotini yaxshiladi, balki mahalla infratuzilmasini mustahkamlash, tomorqachilikni rivojlantirish va aholi turmush sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun