Iqlim sinovlariga tayyor

Date:

Iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiatga, balki insonlar turmushiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini zamon talablariga moslashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.

Shu maqsadda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Unda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishlarining ijtimoiy oqibatlarini baholash, favqulodda vaziyatlarda manzilli xizmatlar ko‘rsatish hamda ekologik xavflarga moslashish bo‘yicha amaliy bilim va zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirdi.

Trening ijtimoiy himoya tizimining barqarorligini mustahkamlash, inqirozli vaziyatlarda tezkor va samarali yordam ko‘rsatish salohiyatini oshirishga xizmat qildi. O‘quv mashg‘ulotlari yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun