Jazo  yetarli  emas

Date:

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi omillardan biridir.

Shu bois so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, nafaqat sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, balki uning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan. Shu maqsadda 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu hujjat korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi mexanizmlarni joriy etib, bu boradagi mas’uliyat va nazorat choralarini yanada kuchaytirdi.

Yangi qonun bilan korrup-siyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Endilikda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik, o‘zlashtirish yoki firibgarlik kabi korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan shaxslarning javobgarlikdan qutulishining oldini olishga qaratilgan qat’iy choralar belgilanmoqda. Bu o‘zgarishlarning asosiy mazmuni shundaki, korrupsiyaga qarshi kurash faqat jinoyat sodir etilgandan keyingi jazolash bilan cheklanmaydi. Asosiy e’tibor huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilmoqda.

Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yurituvchi elektron reyestr joriy etilishi belgilandi. Mazkur tizim orqali bunday jinoyat sodir etgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi hamda ularga nisbatan tegishli cheklovlar qo‘llaniladi. Bu esa davlat boshqaruvida halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga aloqador shaxslarning kelgusidagi faoliyatini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish-da faqat jazoni kuchaytirishning o‘zi yetarli emas. Eng muhim vazifa — korrupsiyaga olib keluvchi omillarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishdir. Shu nuqtayi nazardan, qonun bilan davlat organlari va tashkilotlarida komplayens hamda korrupsiyaga qarshi

ichki nazorat tuzilmalarining vakolatlari kengaytirildi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlari ham aniq belgilandi. Endilikda mazkur organ korrupsiyaning tizimli sabablarini o‘rganish, xavf yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlash, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshiradi. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurashishda tahliliy va oldini olish mexanizmlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qabul qilingan yangi qonun — korrupsiyaning oldini olish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash va jamiyatda halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, korrupsiyadan xoli jamiyatni shakllantirish

faqat qonunlar bilan emas, balki har bir fuqaroning halollik va

adolat tamoyillariga bo‘lgan munosabati bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Korrupsiyaga qarshi kurash —

bu nafaqat bugunning, balki kelajak taraqqiyotining ham

muhim kafolatidir.

Botirjon Abdullayev,

Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun