Bolalar uchun quvonchli lahzalar

Date:

Yoz mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bolalarning mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida “Dolzarb 60 kun” tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari Surxondaryo viloyati Suv ta’minoti MCHJda yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlarini olib bordi.

Shuningdek, Termiz shahridagi 22-sonli maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan “Unutilmas suv shou” tadbiri bolajonlarga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, quvonchli onlarni boshdan kechirish va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish imkonini yaratdi.

Mazkur tadbirlar aholining xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish bilan birga, yosh avlodning sog‘lom va mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun