Maktab binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Sifatli ta’lim uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish bugungi islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Yangi qurilayotgan ta’lim maskanlari nafaqat o’quvchilarga qulay sharoit yaratadi, balki hududlarning ijtimoiy rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligidagi loyiha doirasida Angor tumanining Qorabog‘ mahallasidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun bunyod etilgan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 330 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosi va 12×24 metr o‘lchamdagi sport zali barpo etildi. O‘quv xonalari zamonaviy jihozlanib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Yangi ta’lim majmuasi Qorabog‘ mahallasi hamda unga tutash hududlarda yashovchi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun