Kutubxonachiga tajriba kerak…mi?!

Date:

Kutubxona mutolaa istab kelguvchilarning sevimli maskani. Ba’zan bu maskandan istagan vaqtimizda foydalana olmaganimiz yomon. Ba’zan esa xizmat ko‘rsatish sifatidan ta’bimiz xira bo‘lishi ham bor gap.

Bu bilan qaysidir kutubxonani tanqid ostiga olishdan, mutaxassislarni qoralashdan yiroqmiz. Ammo, barcha sohalarda bo‘lgani kabi kutubxonada ham tajriba almashilsa, mahorat oshirilsa, foyda bo‘lsa borki, aslo ziyon emas. Ayni maqsadda Angor tumanidagi axborot-kutubxona markazida “Aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni sifat jihatdan yanada rivojlantirish” mavzusida o‘tkazilgan seminar kutubxonachilar uchun foydali va manfaatli bo‘ldi. Unda viloyat, tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Albatta, axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot-resurs manbalarini yaratish va sifatli toʻldirib borish muhim. Seminarda bu boradagi masalalarga e’tibor qaratildi.
Kutubxonachilar oʻzaro tajriba almashishdi. Mutaxassislarning amaliy bilim koʻnikmasi va kasbiy mahoratini yanada oshirishga qaratilgan taqdimotlar esa ko‘zlangan natijani berishini vaqt va faoliyatlari davomida ko‘rsatishadi.

Shuningdek, faollar, mehnati e’tirof va e’tiborga tushgan kutubxonachilar tashakkurnoma va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Hilola Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun