Maʼnaviyat marshruti “Oq ostona bobo”da…

Date:

Inson ma’naviyati, dunyoqarashi kitobxonlik, ilm olish bilan boyib boradi. Taassurotlar, o‘qib-o‘rganishlar esa bilimni boyitadi, yanada mustahkamlaydi. “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Sariosiyo tumani IIB xodimlari navbatdagi tashrif bilan “Oq ostona bobo” arxitektura yodgorligida bo‘lishdi.

Yodgorlikdagi taassurotlar esa maqtanarli. O‘tmish va bugunni ulovchi mo‘jazgina ko‘prik vazifasini o‘tayotgan yodgorlik X-XI asrlardan hikoya qiladi. O‘sha davr tarixi, voqealari haqidagi ma’lumotlar esa tomoshaga kelganlar uchun qiziqarli bo‘ldi.
IIB xodimlari maqbara bilan yaqindan tanishib, saqlanish holatini ko‘zdan kechirdilar. Obod go‘shaga aylangan majmua ham tomosha, ham ziyorat bahonasida tashrif buyuruvchilarning diqqat-e’tiborida ekani bilan ahamiyatli.
Maʼnaviyat marshruti yana ko‘plab qadamjolar, qadimiy yodgorliklarda to‘xtab, o‘z yo‘lovchilariga olam-olam taassurotlar qoldirishni maqsad qilgan.

S.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun