Qo‘sha qarish saodati

Date:

Oila — mehr, sadoqat va o‘zaro hurmat bilan mustahkamlanadigan muqaddas qo‘rg‘ondir. Ana shunday ibratli oilalar jamiyatning ma’naviy tayanchi, yoshlar uchun esa hayotiy maktab vazifasini o‘taydi.

Termiz shahrining Bog‘zor mahallasida istiqomat qiluvchi Chori Jumayev va turmush o‘rtog‘i Robiya To‘lyakova ana shunday saodatli oilalardan biridir. Ular 63 yildan buyon hayot sinovlarini yelkadosh bo‘lib, ahillik va mehr-oqibat bilan bosib o‘tib, bugun yaqinlari, farzandlari va do‘stlari davrasida turmush qurganliklarining 63 yilligini nishonladilar.

Chori Jumayev shahrimizning eng faol nuroniylaridan biri sifatida keng jamoatchilikka yaxshi tanish. U “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lib, bugungi kunda ham universitetda faoliyat yuritib, o‘zining boy hayotiy tajribasi va bilimlarini yosh avlodga ulashib kelmoqda.

Robiya aya To‘lyakova esa viloyat “Buvijonlar maktabi” rahbari sifatida oilalar mustahkamligi, milliy qadriyatlar va farzand tarbiyasi borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

Ularning hayot yo‘li mehr-muhabbat, sadoqat, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarning yorqin namunasidir. Bugungi kunda bu ibratli juftlik nafaqat farzandlari va nabiralari, balki butun mahalla ahli hamda yosh oilalar uchun hayot maktabiga aylangan.

Qo‘sha qarish — har bir oilaning orzusi. Chori ota va Robiya ayaning 63 yillik ahil hayoti ana shu saodatga erishish mumkinligini yana bir bor namoyon etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlik — tafakkur poydevori

Yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda...

Tashabbusli byudjet: ochiqlik kuchaytiriladi

Fuqarolarning mahalliy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbusli...

Eng kuchli polvonlar aniqlandi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy...

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...
KunTun
KunTun