193 ta murojaatning 26 tasi joyida hal

Date:

Fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor va manzilli hal etish viloyat rahbariyatining asosiy e’tibor markazida. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ommaviy qabul o‘tkazdi.

Hududiy studiyalar orqali 116 nafar fuqaroning 130 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Uy-joy, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar va ijtimoiy masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlarning 17 tasi joyida ijobiy hal etildi.

Shundan so‘ng 58 nafar tadbirkorning 63 ta murojaati tinglandi. Ularning 9 tasi ham qabul jarayonida hal qilindi.Jami 193 ta murojaatning 26 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul yakunida viloyat hokimi ayni paytdagi issiq ob-havo sharoitida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar ko‘pligini ta’kidlab, soha mutasaddilariga tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash, uzilishlarni tezkor bartaraf etish va aholini uzluksiz elektr bilan ta’minlash bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berdi.

Murojaatlarning tezkor hal etilishi — xalq bilan muloqotning muhim natijasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun