Ustoz tashabbusi yoshlarga qanot

Date:

Yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning ta’lim olishi uchun sharoit yaratish — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Denov tumani bu yo‘nalishda navbatdagi muhim qadamni qo‘ydi.

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov boshchiligida nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik ishtirokida “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasida yangi o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz tashabbuskor Umirov Abdulloning tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi ajratgan 130 million so‘mlik subsidiya mablag‘i hisobidan tashkil etildi. Ingliz tili fani bo‘yicha oliy ma’lumotga ega tashabbuskor markazda barcha zarur shart-sharoitlarni yaratdi.

O‘quv markazida ingliz tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha malakali pedagoglar tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi. Bu yerda yoshlarning bilimini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga puxta tayyorlash va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sohasidagi ijobiy tashabbuslarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlik — tafakkur poydevori

Yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda...

Tashabbusli byudjet: ochiqlik kuchaytiriladi

Fuqarolarning mahalliy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbusli...

Eng kuchli polvonlar aniqlandi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy...

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...
KunTun
KunTun