Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Date:

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy qonunchilik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va inson huquqlariga oid me’yorlarni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan bola manfaatlarini ta’minlash, profilaktik ishlarni takomillashtirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda turli vaziyatlarda to‘g‘ri yondashuvlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar profilaktika inspektorlarining huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ayniqsa, bolalar bilan bog‘liq masalalarda samarali himoya tizimini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun