Umrga tatigulik saboq

Date:

Atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, eng avvalo, bolalik davridan boshlanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim tizimida ekologik tarbiya nafaqat bilim, balki kelajak avlodning hayotiy qadriyatlarini shakllantiruvchi muhim yo‘nalish hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tavsiyasiga muvofiq Boysun tumanidagi 11-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tabiat va suv – hayot manbai” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglari bolalarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat, suvni tejash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar. Tadbir davomida ekologik mavzudagi amaliy mashg‘ulotlar va madaniy chiqishlar namoyish etilib, interaktiv ta’lim usullari bo‘yicha tajriba almashildi.

Seminar ekologik tarbiyani kundalik ta’lim jarayoniga yanada samarali joriy etish va yosh avlodda tabiatni asrash mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun