Maktab quvvati 180 o‘ringa kengayadi

Date:

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar nafaqat yangi binolar, balki o‘quvchilar uchun yanada sifatli va qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi. Qumqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan navbatdagi loyiha ham ana shu maqsadga qaratilgan.

Yangiobod mahallasidagi 53-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi jadal davom etmoqda. Qurilish jarayoni bilan tanishish maqsadida Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Abdusamatov obyektga tashrif buyurib, ishlarning sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishini o‘rgandi.

Qiymati 2 milliard 731 million so‘mlik loyiha tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, maktabning o‘quv quvvati oshib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun